Shifokorning ish jarayoni doimo izlanishni talab etadi. Bunda kasbdoshlari bilan tajriba almashinuvlari, ayniqsa mutaxassis mahoratini oshiradi.
Respublika urologiya markazi poliklinikasi bosh shifokori Shuhrat Abdullaev hamda urolog Jahongir Shodmonov Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi mutaxassislari bilan hamkorlikda yosh mutaxassislarga master-klasslarni o‘tkazishmoqda. 3 kun davom etadigan mazkur o‘quv jarayonlarida 12 nafar bemorlarda siydik tosh kasalligini kam invaziv yo‘li bilan tashrixlar rejalashtirilgan. Bemorlarning asosiy qismi kam ta’minlangan, tibbiy yordamga muxtoj oila a’zolaridan bo‘lib, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish birinchi galdagi vazifa bo‘lmoqda.