Vatanni asrash, uni himoya qilish faqatgina harbiylarning ishi emas! U oʻzini yurt koriga yarayman degan, uning ravnaqiga oʻz bilim va tajribam bilan hissa qoʻshaman degan har bir insonning burchidir.
Ayniqsa, shifokorlarni ham Vatan himoyachilari desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi, ular insonlarni turli kasalliklarga chalinishini oldini olib, ularning salomatliklarini saqlashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shadi.
Bugun, Andijon davlat tibbiyot institutida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda Qurolli kuchlarimizning 32 yilligi munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda bo‘limlar xodimlari ishtirok etdi. Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi G.Xolmatova barcha tadbir qatnashchilariga o‘zining samimiy bayram tilaklarini aytib o‘tdi. Faoliyati davomida tashabuskorligi, bemminat xizmatlari uchun bir guruh institut xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbir davomida Institutning Xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari hamda iqtidorli talabalar tomonidan badiiy va harbiy chiqishlar namoyish etildi. Kun qahramonlariga turli qiziqarli shartlar taqdim etildi, xushovoz honandalar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar barchani davraga chorladi.
Ayol tyutorlar tomonidan taqdim etilgan sahna ko‘rinishi barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.