Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining ma’ruza zalida hokim va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot davomida viloyat rahbari yoshlar o‘rtasida oilaga munosabat, ilmli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi bo‘yicha so‘z olib bordi.
Muloqot davomida yoshlarning oilaga tayyorgarlik, unda urf-odat va an’analarimizning nechog‘li ahamiyatli ekanligi, bugungi kunda barcha sohalarda yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlar, saylovoldi jarayonlar, ularda talabalarning ishtiroki borasida fikr-mulohazalari tinglandi.
ADTI matbuot xizmati