Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti professor-o‘qituvchilari sport –sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019- yil  25-aprel kuni VMO va QT fakulteti professor- o‘qituvchilari sport kuni munosabati bilan ADTI jismoniy tarbiya kafedrasiga   tashrif buyurdilar. Ular shu kuni  basketbol, stol tennisi, shaxmat, shashka va boshqa sport turlari bilan shug‘ullandilar.

Sport-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarida Pediatriya, neonatologiya, UASh, nevrologiya, akusher-ginekologiya, xirurgiya va UTT kafedrasi xodimlari faol ishtirok etdilar.

Sport musobaqalarida pediatriya kafedrasi assistenti O.Xalilov, UASh kafedrasi katta o‘qituvchisi A. Xudoyberdiev, neonatologiya kafedrasi mudiri dotsent D.Ergashboeva, akusher- ginekologiya kafedrasi mudiri dotsent O. Yakubova, nevrologiya kafedrasi mudiri dotsent N. Nasirdinova hamda xirurgiya kafedrasi dotsenti X.Xamdamovlar fakultet professor- o‘qituvchilari o‘rtasida jonbozlik ko‘rsatdilar.

156