
Joriy yilning 10–11-may kunlari Samarqand shahrida «Buyuk meros: Tarix, madaniyat va milliy qadriyatlar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Unda Andijon davlat tibbiyot instituti Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani t.f.d., professor Xatam Xasanbayevich Tursunov ham ishtirok etdi.
Kardiologiya sohasida olib borayotgan ilmiy faoliyati va bemorlarga sadoqat bilan xizmat qilayotgan yuksak kasb egasi professor X.Tursunov «Best Publication» ilmiy tadqiqotlar markazining 2025-yil 8-yanvar kungi 45-sonli buyrug‘iga asosan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan «Eng yaxshi xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Institutimiz jamoasi nomidan X.Tursunovni ushbu e’tirof bilan qutlagan holda kasbiy faoliyatida omad va zafarlar, sihat-salomatlik tilab qolamiz.