Skip to content XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANGA MAQOLALAR QABUL QILISH BOSHLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANGA MAQOLALAR QABUL QILISH BOSHLANDI

15:26 02.07.2025

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Sizlarni Andijon davlat tibbiyot institutida 2025-yil 14-noyabrda bo‘lib o‘tadigan «Tibbiyotda simulyatsion ta’lim: muammolar, yechimlar, istiqbollar» mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishga taklif etamiz.

Anjumanda ishtirok etish uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, davolash muassasalari, xususiy tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olim va mutaxassislari, shifokorlar, tibbiyot OTMlari professor-o‘qituvchilari, klinik ordinatorlari, magistrantlari va talabalari taklif etiladi.

Anjumanning ish tillari: oʻzbek, rus, ingliz tillari hisoblanadi. Anjuman oflayn va onlayn (gibrid) shaklda o‘tkaziladi.

Anjumanga maqola, tezis va ma’ruzalar: 2025-yil 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Ma’ruza materiallarini tashkiliy qo‘mita elektron pochtasiga yuborishingiz mumkin: asmi-361@mail.ru

Manzil: Andijon shahri, Y.O.Otabekov ko‘chasi 1-uy.

Barcha qiziquvchilarni anjumanga taklif etamiz!

Axborot xati:1Ахborot xati Andijon 14 11 2025

 

adti.uz
Would like to send you notifications