Har ikki mahallaning uyushmagan yoshlari barcha sport turlari toʼgaraklarida muntazam ishtirok etib kelmoqdalar. Badantarbiya mashg’ulotlaridan so’ng voleybol sport turi boʼyicha oʼtkazilgan bu galgi oʼrtoqlik uchrashuvi ham murosasiz kechdi. Betakror zarbalar yoʼllay olgan “Namuna” jamoasi 6:5 hisobida gʼoliblikka erishdi.