Bugun, 1-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutida institut rektori M.Madazimov Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universitetidan kelgan Onkologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, onkourolog Semenov Dmitriy Vladimirovich bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tibbiyot sohasidagi yangiliklar va tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tajriba almashish va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Suhbat yakunida mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng, Dmitriy Semenov tomonidan tibbiyotning onkologiya, urologiya, xirurgiya yo‘nalishlari bo‘yicha soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, magistrant va ordinatorlar uchun ma’ruza o‘qildi.
Unda sohaga oid yangiliklar, onkourologik kasalliklarni tashxislash va davolash usullari haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi.