Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun arafasida 15 ta shaharda bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi
Musobaqalar 13-noyabr kuni bir vaqtda Fargʻona, Qoʻqon, Namangan, Andijon, Chirchiq, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Buxoro, Urganch, Nukus va Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtadi;
Andijon shahrida musobaqalar Farobiy koʻchasidan boshlanib, A.Fitrat koʻchasi, Zahiriddin Muhammad Bobur kutubxonasi yonida yakunlanadi;
Yurtimiz boʻylab 32 mingga yaqin ishtirokchi “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz” yagona shiori ostida birlashadi;
Musobaqaning yagona masofa uzunligi 3 km.ni tashkil qiladi.
Musobaqada nogironligi boʻlgan yuguruvchilarning xavfsiz va qulay ishtirok etishi taʼminlanadi;
Musobaqa doirasida har bir shaharda konsert – koʻngilochar tadbirlar, Davlat bayrogʻi kuniga bagʻishlab ommaviy fleshmoblar tashkil etiladi.