2021-yil 16-17-avgust kunlari Andijon davlat tibbiyot institutida oʻqish istagini bildirgan Qirgʻiziston, Rossiya, Eron davlatlari abituriyentlari bilan onlayn suhbat oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, Xalqaro aloqalar boʻyicha masʼul K.Salohiddinov, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Q.Yusupov, Qabul komissiyasi kotibi S.Salohiddinov, Xalqaro fakultet dekani G.Yaxshiboyeva, shuningdek, tabiiy va aniq fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
Suhbat davomida abituriyentlardan aynan nima uchun ADTIni tanlaganliklari borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashib, ularning kimyo, biologiya, matematika fanlari boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.