Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi mudiri Shaxnoza Yusupova ham munosib ishtirok etdi.
“O‘zini tanishtirish”, “Savol-javob”, “O‘zbek ayoli” shartlarida bellashgan Sh.Yusupova “Yilning eng faol olimasi” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.