Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyida “Yoshlar va hozirgi zamon” mavzusida maʼdaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. 1-UASH hamda gospital terapiya va endokrinologiya kafedralari tomonidan oʻtkazilgan mazkur tadbirda yoshlar, ayniqsa talabalar oʻrtasida uchrayotgan muammolar, rahbarlar va talabalar munosabatlari, odob-ahloq qoidalari, giyohvandlik va odam savdosiga qarshi kurash, salbiy illatlarning yoshlar kelajagiga taʼsiri borasida soʻz bordi. Mavzu borasidagi videorolik, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlangʻich tashkiloti faollari tomonidan mahorat bilan ijro etilgan sahna koʻrinishi barchani ogohlikka chorladi.
Tadbirda guruh tyutorlari ham ishtirok etib, talabalarning mavzu borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.
O’tkazilgan tadbirdan fotolavhalar