Xabaringiz bor, viloyatimizda 15-martdan 15-aprelga qadar » Yoshlar va madaniyat oyligi» deb eʼlon qilingan.
Mazkur oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan joylarda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
Bugun, 31-mart kuni shahrimizda joylashgan “Bobur arena” o‘yingohi oldida Andijon davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Salohiddinov boshchiligida fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirokida “Konstitutsiya – kelajak poydevori” shiori ostida konsert dasturlari tashkil etildi.
Ishtirokchilarning kayfiyatini yanada ko‘tarish va yoqimli xordiq onlarini ulashish maqsadida iqtidorli talabalarimizdan tarkib topgan “Shou band” jamoasi tomonidan ijro etilgan bir-biridan sho‘x taronalar kelgan mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, barchani raqsga chorladi.
Ochiq osmon ostida tashkil qilingan konsertdan barcha birdek zavqlanib, xordiq chiqardi.