alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“YOSHLAR VA MADANIYAT” OYLIGI DOIRASIDA “ZAKOVAT” INTELLAKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

12:33 03.04.2023

Ma’lumki, joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar viloyatimizda “Yoshlar va madaniyat” oyligi o‘tkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida Andijon davlat tibbiyot institutida “Konstitutsiya – kelajagimiz poydevori” shiori ostida “Rektor kubogi”  uchun  “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil qilindi.

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov  ishtirok etib, yangilanayotgan Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berdi va barcha yoshlarni Referendum jarayonlarida faol etishga chaqirdi.

Shundan so‘ng, institutning “Zakovat” intellektual klubi koordinatori  Sh.Abduraxmonov tomonidan olib borilgan o‘yinda institutimiz talablaridan tashkil topgan 30 ga yaqin jamoalar ishtirok etdilar. Ularga mantiqiy, faktga oid, bundan tashqari yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarga doir 20 ta savol berildi.

Yakunda:

1-oʻrinni «Avangard» jamoasi;

2-oʻrinni «Bobur Shokirov» jamoasi;

3-oʻrinni «Universe» jamoasi egalladi.

Gʻolib va sovrindor jamoalar institut rahbariyati tomonidan diplom bilan taqdirlandilar. 1-o‘rin sohibi bo‘lgan «Avangard» jamoasiga «Rektor kubogi» topshirildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!