2019-yil men uchun omadli keldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu yilda men O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining tibbiy mutaxassislarni xorijda malakasini oshirish dasturi grantining barcha sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, bir oy – iyun oyida Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri Rossiya Uluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasida (Российская медицинская академия непреривного образование) t.f.d. professor Sergey Yakovlevich Kosyakov rahbarligidagi Otorinolaringologiya kafedrasida o‘quv jarayonlari, amaliyotdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishib, malakamni oshirib qaytdim.
Yana bir katta yutug‘im Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “El yurt – umidi” fondi stipendiati barcha talablarini bajarib g‘olibi bo‘ldim va o‘zim tanlagan Rossiya Federatsiyasi Moskva shahri Uluksiz kasbiy ta’lim tibbiyot akademiyasining taniqli olimi, t.f.d. professor Elena Petrova Karpova rahbarligidagi Bolalar Otorinolaringologiya kafedrasida bo‘lib, bolalar muammolari echimiga oid eng zamonaviy yangiliklardan o‘rganib keldim va hozirgi kunda amaliyotda qo‘llashni boshladim.
Erishgan barcha yutuqlarim Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning tibbiy ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan e’tibori natijasi deb o‘ylayman. Bu yutuqlarimga erishishda madakor bo‘lgan muhtaram rektorimiz M.M.Madazimovga, o‘zim ishlayotgan vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jonkuyari, dekanimiz hurmatli X.X. Tursunovga va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetidagi barcha hamkasblarimga, shaxsan ustozim Q.Q.Qosimovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Yutuqlarimning barchasi jonajon Institutimga sovg‘a deb bilaman.
Kirib kelayotgan Yangi 2020-yil barchamizga qutlug‘ va muborakli bo‘lsin, institutimiz obro‘si xalqaro miqyosda yana ham baland bo‘lsin!
Nigora Madaminova,
ADTI VMO va QTF Otorinolaringologiya yo‘nalishi katta o‘qituvchisi