alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Z.M.BOBUR TAVALLUDINING 540 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILGAN VIDEOROLIKLAR TANLOVINING G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

22:13 15.02.2023

Avval xabar berganimizdek, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovi eʼlon qilingan edi. Unda institutimizning o‘zbek hamda xorijlik talabalari tomonidan tayyorlangan videorolik ham ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan Z.M.Bobur siymosi gavdalantirilib, uning g‘azal va ruboiylarini o‘ziga xos tarzda ijro etilganliklari tasvirlangan ushbu videorolik ko‘pchilik tomonidan bildirilgan eʼtiroflarga sazovor bo‘ldi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, ko‘plab ovozlar yig‘gan institutimiz jamoasi faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi va Andijon viloyat hokimligining maxsus sovg‘asi bilan taqdirlandi. Sovg‘alarni tanlovning g‘oya muallifi, jurnalist E.Ermatov jamoalarga topshirdi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!