alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

10 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimlari malaka oshirdilar

16:44 25.08.2020

Pandemiya ta’sirini bartaraf etish uchun eng avvalo, tibbiyot xodimlarining bu boradagi bilimlari mukammal bo‘lmog‘i kerak. Ana shu maqsadda Andijon tibbiyot institutida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yurituvchi 9651 nafar tibbiyot xodimlari qayta o‘qitish kurslariga jalb etildi.


— Prezidentimizning 2020-yil 29-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoyishi hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 22 martdagi «Koronavirus infeksiyasini tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha zaxira mutaxassislarni tayyorlash to‘g‘risida»gi buyrug‘iga asosan tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uslublari o‘rgatildi, — deydi institut rektori Madaminjon Madazimov. — Malaka oshirgan shifokorlar ham o‘z navbatida 274 nafar shifokorlarga onlayn tartibda malaka oshirish mashg‘ulotini tashkil etdilar. Maqsadimiz, barcha shifokorlar koronavirus mavzusidagi barcha ma’lumotlarni zudlik bilan o‘zlashtirib, davolash choralarini mukammal bilishlar darkor.
Qayta o‘qitish kurslari davom etmoqda. Ayni paytda yana 200 nafar tibbiyot xodimlari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqdalar.

Saminjon HUSANOV,
«Xalq so‘zi»

Manba: xs.uz

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!