alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

67 YOSHLI ONAXONGA NOGIRONLIK ARAVACHASI TAQDIM ETILDI

17:39 20.05.2021

Andijon shahridagi 6-oilaviy poliklinikasida o‘tkazilayotgan chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rikda ADTIning 17 turdagi mutaxassisliklaridan iborat 19 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda. Bugun tibbiy-ko‘rikda 189 nafar aholi salomatligi tekshirilib, ulardan 26 nafari “Temir daftari”ga, 16 nafari “Ayollar daftari”ga, 11 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.

Tibbiy-ko‘rik davomida tibbiy himoyaga muxtoj 4 nafar fuqarolarning uylariga borib, kerakli yordam ko‘rsatildi va bemorlarga tavsiyalar berildi. Sanoat ko‘chasi 168-uyda istiqomat qiluvchi 67 yoshli O‘lmasxon Abduqodirova xastalik tufayli bir necha yillardan buyon yurolmaydi. Bemorga institut mutaxassislari tomonidan tekshiruvlardan o‘tkazilgach, nogironlik aravachasi zarurligi aniqlandi.

Kun yarmida institut rektori M. Madazimov tashabbusi bilan onaxonga kerakli yordam ko‘rsatilib, nogironlik aravachasi taqdim etildi.

Aholini sog‘lomlashtirish tadbirlari davom etmoqda.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!