alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

NАVBАTDАGI TIBBIY KOʼRIK BULOQBOShI TUMАNIDА OʼTKАZILDI

18:24 08.06.2021

NАVBАTDАGI TIBBIY KOʼRIK BULOQBOShI TUMАNIDА OʼTKАZILDI

Аholini tibbiy koʼrikdan oʼtkazish va sogʼlomlashtirishni keng koʼlamda olib borish va qulaylik yaratish maqsadida АDTI professor-oʼqituvchilarining navbatdagi tibbiy koʼriklari Buloqboshi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 23-oilaviy poliklinikasida oʼtkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikda institutning 12 turdagi mutaxassisliklaridan iborat 18 nafar professor-oʼqituvchilari ishtirok etdi. Muassasaga qarashli 5 ta MFYning 432 nafar aholisi koʼrikdan oʼtkazildi. Mazkur fuqarolarning 46 nafari “Temir daftari”ga, 24 nafari “Аyollar daftari”ga va 16 nafari “Bolalar daftari”ga kiritilgan. Barcha koʼrikdan oʼtganlarga kerakli tavsiya va maslahatlar berildi.

Tadbir davomida tuman aholisining 3 nafariga viloyat DPMlariga, 2 nafariga АDTI klinikasiga va 14 nafariga tuman tibbiyot birlashmasida yotib davolanishlari uchun yoʼllanmalar berildi. Tibbiy himoyaga muxtoj boʼlgan 2 nafar fuqarolarning uylarida tibbiy koʼrik tashkil etilib, kerakli yordamlar koʼrsatildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!