Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot institutida birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Viloyat hokimi dastlab shifokor boʻlishni niyat qilgan, talabalik baxtiga erishgan yoshlarni samimiy qutlab, ularga kelgusida xalqimizga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishlarini tiladi.
Suhbat davomida bugun mamlakatimizda oliy taʼlim, xususan tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, Prezidentimizning viloyatimizga qilgan tashriflari chogʻida Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasini tubdan takomillashtirish boʻyicha belgilab bergan vazifa va topshiriqlariga asosan bugun klinika va institutning yangi ming oʻrinli oʻquv binosida qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani, bu esa shaxsan viloyat hokimi nazoratida ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, oʻqish jarayonlari, talabalarni, ayniqsa, birinchi bosqich talabalarini turar joy bilan taʼminlash, ularga imkoniyatlar yaratish borasida ham oʻz taklif va mulohazalarini bildirdi. O’z o’rnida yoshlar ham kelajakdagi orzu-umidlari bilan o’rtoqlashdilar.