alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

BO‘STON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA XALQARO ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

14:14 13.04.2023

Bo‘ston Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga qo‘shni Qirg‘iziston respublikasi Qizil-qiya shahridagi tibbiyot kollejining o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Karatayev boshchiligida o‘qituvchilardan iborat vakillar hamda Andijon davlat tibbiyot institutidan maxsus fanlar kofedrasi Kimyo-biologiya fanlar nomzodi, dotsent T.Saydullayev, Baliqchi tibbiyot texnikumidan kelgan maxsus fan o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.

 

 

Ular ishtirokida joriy yilning, 11-aprel kuni texnikumda taʼlim sohasidagi o‘quv-amaliy jarayonlarni tashkil etilishi, moddiy-texnika bazasini o‘qitishdagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish bo‘yicha xalqaro anjuman tashkil etildi.

Mehmonlar milliy qadriyatlarimizga asosan kutib olindi. Shundan so‘ng, ular texnikumdagi o‘quv va amaliyot xonalari, kutubxona bilan tanishib, dars jarayonlarida ishtirok etdilar.

Anjuman doirasida Bo‘ston tuman hokimi S.Nosirova mehmonlar bilan uchrashib, suhbatlashdi va  texnikumda ish boshlagan tikuvchilik korxonasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Tashrif davomida Qirg‘iziston respublikasi Qizil-qiya shahridagi tibbiyot kollejidan kelgan vakillar texnikumdagi moddiy-texnika bazasi, o‘quv-amaliy xonalarni jixozlanishi, o‘quv jarayonlarini tashkil etilganligi hamda tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan o‘quv-amaliyot bazalari bilan tanishib chiqdilar. Yakunda,  mehmonlar yuqori saviyada tashkil etilgan anjuman uchun texnikum jamoasiga minnatdorchilik bildirdi.

Kelgusida ikki tomonlama shartnoma asosida o‘quvchilarni o‘quv-amaliyot jarayonlarini Qirg‘iziston respublikasidagi Qizil-qiya tibbiyot kollejida davom ettirilishi rejalashtirilgan.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!