alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

AKADEMIK LITSEYDA SOHIBQIRON TAVALLUDIGA BAG’ISHLANGAN TADBIR

13:53 08.04.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti akademik litseyida Andijon davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari hamda  litsey Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari  o’zaro hamkorlikda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazdilar.

Tadbirda ADTI Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Barno Botirova, katta o’qituvchisi  Nodira Nurmatova, litsey yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari Otabek Karimov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchilari  Farog’iddin Qurbonov, Gulbahor Jalilova o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Ular buyuk jahongirning muvafaqqiyatli yurishlari, odilona davlat boshqaruvi, harbiy intizomi borasida o’quvchilarga ma’lumotlar berdilar. Sh. Orifjonov, B. Toshbotirova kabi o’quvchilarning savollariga mutaxassislar  atroflicha javob berdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!