alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot insituti kollej bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlamoqda

11:28 21.11.2019

Andijon davlat tibbiyot insituti Tibbiy radiologiya  va klinik laborator diagnostika kafedrasi xodimlari – kafedra mudiri dotsent N.S. Hakimov, katta o‘qituvchi Z.Sh.Madumarova, assistentlar A.A.Sobirov, G.A.Azizov ishtirokida Andijon Bank kolledjiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida kollej direktori Mansurbek To‘htasinov kollejda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik bazasi bilan bevosita tanishtirdi. Pedagoglari bilan suhbatlar o‘tkazildi,  Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yakindan tanishdilar.

Kollejda 5 ta muhim tashabbusning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar yaxshi tashkil qilingan. Jumladan, yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi mukammal ishlab chiqilgan. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishlarini o‘rganish maqsadida kollejda tashkil kilingan kompyuter xonasiga tashrif buyurilib, “Excel” dasturida ishlash bo‘yicha o‘quvchilar bilimlari sinovdan o‘tkazildi va ularga zarur maslahat, ko‘rsatmalar berildi.  Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etilganligi alohida e’tiborga loyiq.
Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha kollejda ish faoliyatini boshlagan to‘garak rahbarlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Tashrif yakunida kollej ma’muriyatining istaklarini hisobga olgan holda ADTI VMO va QTF professor-o‘qituvchilari, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kollej pedagog-izlanuvchilarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, 2020 yil yanvar oyida barcha o‘quv guruhlari bo‘yicha ochiq ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘qituvchilarning dars olib borishlari va pedagogik mahoratlarini tahlil kilish haqida kelishuvga erishildi.

                                                                                           N.S.Xakimov,

ADTI Tibbiy radiologiya va klinik

laborator diagnostika kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!