alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori bilan 1-bosqich talabalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

15:07 02.04.2019

2019- yil 1 – aprel kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zali,1-, 2- ma’ruzalar zalida  institut rektori M.Madazimov  davolash, pediatriya, stomatologiya  fakultetlari hamda oliy hamshiralik  ishi, tibbiy pedagogika, tibbiy profilaktika, farmatsevtika yo‘nalishlarining   1-bosqich talabalari bilan uchrashib,  ochiq muloqotda bo‘ldi.

Institut rektori muloqot chog‘ida yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan izchil islohotlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar, imkoniyatlar haqida gapirdi. Xususan, institutda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlarga  alohida to‘xtalib, bu imkoniyatlardan har bir yosh to‘g‘ri va  samarali foydalanishi  lozimligini  aytib o‘tdi.

Shuningdek, talabalar kelgusida yaxshi mutaxassis, mohir shifokor bo‘lishi uchun barcha fanlarni mukammal bilishi, kunlik darslarni har kuni to‘liq o‘zlashtirib borishligi zarurligini ta’kidladi. Buning uchun albatta,  talabalarni darsliklardan to‘g‘ri foydalanishi, kitob o‘qishi, chet tillarini o‘rganishi, dars  jarayonida  albatta  netbuk, noutbuk, planshet  kabi vositalar bo‘lishligini aytib o‘tdi.    Bundan tashqari, talabalar bo‘sh vaqtlarini  mazmunli o‘tkazishi uchun  fan to‘garaklariga muntazam qatnashishi, musiqa, san’at, teatrga, kitobxonlikka qiziqishi hamda  sportning barcha turlari bilan  shug‘ullanishi k atta ahamiyatga  ega ekanligini ta’kidlab, barcha talabalarni  bu borada o‘rnak bo‘lishga, sog‘lom turmush targ‘ibotchisi bo‘lishga chaqirdi.

Ochiq  muloqot chog‘ida institut rektori  o‘zining bir qator maslahat va tavsiyalarini berib, talaba-yoshlarni  yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, yanada  shijoatli va faol bo‘lishga, maqsadlari sari  faqat olg‘a intilishga  chaqirdi. Shuningdek, ularni qiziqish va  takliflari, fikr-mulohazalari  bilan qiziqdi.     Institut rektori bilan uchrashuv  oshkora, samimiy va do‘stona tarzda o‘tdi.  Uchrashuvda  prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari ham ishtirok etdilar.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!