Andijon davlat tibbiyot instituti rektori maktabda

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Davlatning kelajagi bugun kamol topayotgan yosh avlodning qo‘lida. Mamlakatning ertasi bugungi ta’lim-tarbiyamizga bog‘liq. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga eng muhim vazifa sifatida alohida e’tibor qaratmoqda. Davlatimiz rahbari 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” o‘tkazgan videoselektr yig‘ilishida “Oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasasi” hamkorligi yo‘nalishi bo‘yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi.

Andijon davlat tibbiyot institutda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida br qator ishlar amalga oshrilmoqda.  Jumladan, umumta’lim maktablarida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda pedagog-xodimlarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida Andijon viloyatining Buloqboshi, Jalaquduq, Marhamat, Xo‘jaobod tumanlari maktablariga institut prorektorlari boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar biriktirildi. Har bir tuman hududida hududiy “Tayanch kafedralar” tashkil etildi va ularning tarkibi tasdiqlandi.

Umumta’lim maktablariga biriktirilgan professor-o‘qituvchilarga maktablarning metodik kengash va metod birlashmalar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida metodik kengash va metod birlashmalarni yangidan tashkil etish va faoliyatga tatbiq etish, “Tayanch kafedralar” faoliyatini muntazam tahlil qilib borish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash bo‘yicha o‘quv yili davomida ichki monitoring o‘tkazish va monitoring natijalarini tahlil qilish kabi bir qator vazifalar belgilandi.

Maktablarda ilmiy, amaliy va nazariy seminarlar tashkil etish, “Rektor soati”ni o‘tkazish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash va ularni oliy o‘quv yurtlariga jalb qilish maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori Madaminjon Madazimov rahbarligida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Sh. Arziqulov, marteting bo‘limi boshlig‘i A.Ziyayev, davolash fakulteti dekani B.Yu.Mamatov, davolash fakulteti dekan o‘rinbosari U.D.Karimovlardan iborat institutning professor-o‘qituvchilari Marhamat tumanidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashgan 47-umumta’lim maktabida bo‘ldilar. Institut jamoasiga Marhamat tuman XTB mudiri A.Abdurahimova, mudir o‘rinbosari F.Xo‘jayev, XTB uslubchisi A.Bozorov, 47-IDUM direktori J.Shyerboyevalar hamrohlik qildi.

Tashrif davomida mamlakatimiz Prezidentining “Oila, mahalla, maktab, oliy ta’lim muassasasi” hamkorligi yo‘nalishi bo‘yicha belgilab bergan vazifalar ijrosini ta’minlash, iqtidorli, bilimli, qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash va ularni oliy ta’lim muassasalariga jalb etish borasida shaffoflikni ta’minlashga e’tibor qaratildi.

Ochiq muloqot davomida institut rektori ADTIda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, institutning o‘quv binolarida olib borilayotgan qurilish-taomirlash ishlari, smulatsion o‘quv markazi, ATM, ARM, masofaviy, ta’lim, telemeditsina ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil so‘zlab berdi.

Suhbat jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning adabiyot, san’atga munosabati, kompyuter savodxonligi, kitobxonlik darajasi, jismoniy tarbiya va sportga munosabati tahlil etildi. Joylarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab internat ochish masalasi muhokama qilindi.

Ulug‘bek Karimov,
ADTI davolash fakulteti dekan o‘rinbosari.

301