alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqoti

17:57 19.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan. Institutda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Namangan viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 176 nafarni tashkil qiladi. Shundan 56 nafari klinik ordinatorlar, 17 nafari magistratura bitiruvchilari.

Bugun institut Kengashlar zalida Namangan viloyati  sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari bilan bakalavr  va magistratura  yo‘nalishlari  bitiruvchilari  hamda  klinik ordinatorlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazildi.  Uchrashuvda institut prorektorlar, doktorantura va  klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.


Tadbirni  ADTI ochib o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Arziqulov ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni  tanishtirdi.


Shundan so‘ng, Namangan  viloyati  sog‘liqni saqlash  boshqarmasi  boshlig‘i Solijon Mo‘minov  so‘zga  chiqib, tibbiyot tizimida  olib borilayotgan  izchil  islohotlar, o‘zgarishlar  haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar  va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot  berdi.


Uchrashuvda Namangan viloyatidagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalari mutaxassislari  ham  bu boradagi fikrlarini  bildirdilar. Bitiruvchilar  o‘zlarini  qiziqtirgan  savollariga  batafsil  javoblar  oldilar.

Namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq  muloqot   samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

A.Ziyaev

ADTI marketing xizmati bo‘limi boshlig‘i

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!