alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish” mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi

18:24 03.01.2019

Yig‘ilishni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, M.M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib, viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov huzurida 2019-yil 3-yanvar kuni o‘tkazilgan hokimlik soati yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan ishtirokchilarni tanishtirdi va o‘z ma’ruzasi davomida quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi.


Mamlakatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim sohasiga ulkan e’tibor berilmoqda. Endilikda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish eng asosiy vazifamizdir. Afsuski, bu borada islohotlar jarayoniga to‘g‘anoq bo‘layotgan, yaratib berilgan sharoitlarni suiste’mol qilib kelayotganlar ham yo‘q emas. Biz mana shunday illatlarning oldini olish maqsadida institutda talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri takror va takror muloqotlar uyushtiryapmiz. Jumladan, korrupsiya va ta’magirlikni  oldini olish, uni keltirib chiqaruvchi sabablarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida chora-tadbirlar rejasini tuzib chiqdik va bu borada bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Yaqin kunlarda talabalar o‘rtasida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazilishini, ularning tahlili va natijasiga asoslanib, o‘z faoliyati davomida ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ygan o‘qituvchilarga qonuniy choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Shuningdek, oliy ta’lim tizimidagi poraxo‘rlik ta’lim sifatini yomonlashuviga sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, bu borada qat’iy nazorat o‘rnatish maqsadida institutda tajribali professor-o‘qituvchilardan iborat ishchi guruhi tuzilganligi. faol talabalardan iborat jamoatchilik nazorati guruhi tashkil etilib, har bir noqonuniy holat bo‘yicha institut rahbariyatiga xabar berish tizimi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qildi.
 
Bu borada barcha institut xodimlarini va talabalarini ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!