(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Avazbek Abduraxmonovning murojaati:

09:55 04.07.2020

Yurtdoshlarimizdan Koronavirus infeksiyasi tufayli joriy etilgan karantin talablariga qat’iy rioya etishda davom etishlarini so‘rayman!
Hurmatli andijonliklar!
Men, yurtdoshlarimizdan kasallik tufayli joriy etilgan karantin talablariga qat’iy rioya etishlarini so‘rayman hamda quyidagilarni,ya’ni:
-uylaridan ko‘chaga chiqqanlarida, jamoat joylarida (ish joyi,bozorlar, do‘konlar,supermarketlar va boshqa joylarda) harakatlanganda, albatta, tibbiy niqoblarda bo‘lishi;
-ijtimoiy masofani saqlashi;
-zarurat tug‘ilishi bilan qo‘llarni sovunlab yuvishi (yoki antiseptik vositalardan foydalanishi);
-boshqa sanitariya-gigiena talablariga qat’iy amal qilishi;
-isitma ko‘tarilganda, quruq yo‘tal va nafas qisishi kuzatilganda uydan chiqmay tez yordam xizmati (103) yoki hududiy tibbiyot muassasasiga telefon orqali murojaat etishi zarur ekanligini eslatib o‘taman.
Aziz hamyurtlar, har birimizning salomatligimiz o‘z qo‘limizda!