Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJONDA O‘TKAZILGAN PRESS-TURDA VILOYATDAGI OTMlarning TALABALAR TURAR JOYLARIDAGI SHAROITLAR O‘RGANILDI

10:25 30.08.2023

Joriy yilning 29-avgust kuni Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati tomonidan Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joylari yuzasidan press-tur oʻtkazildi.

Press-tur ishtirokchilari Andijon davlat tibbiyot institutida bo‘lib, talabalar turar joylari bilan tanishdi. Institutda umumiy hisobda 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, shundan, 3 tasi institutga qarashli bo‘lsa, bitta yotoqxona davlat-xususiy sherikchiligi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Yotoqxonalarning qamrov darajasi 1554 o‘rinni tashkil qiladi.

Shuningdek, ayni kunlarda davlat-xususiy sherikchiligi asosida 400 o‘rinli TTJ qurib bitkazilish arafasida turibdi.

Andijon davlat tibbiyot institutida kunduzgi taʼlim shaklida 8760 nafar (birinchi kursga qabul qilinganlardan tashqari) talaba tahsil oladi. Talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyoji 1336 o‘rinni tashkil qiladi.

Shuningdek, ijarada yashaydigan jami talabalar soni 2801 nafarni tashkil etadi. Ulardan 2561 nafarining ijara xonadoni mavjud bo‘lib, qolgan 240 nafar talabaning ijara xonadonlariga ehtiyoji mavjud ekanligi aniqlangan. Shundan kelib chiqib, institut tomonidan 90 ta yangi ijara xonadonlari topildi. Ulardan 60 ta xonadonga ijaraga ehtiyoji mavjud talabalarning 350 nafariga avvaldan joylar taqsimlandi.

Institutda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, markaz masʼullari tomonidan turar joyga oid muammolarga duch kelayotgan va institut yotoqxonasiga joylashmoqchi bo‘lgan talabalar hamda ularning ota-onalariga ko‘mak berib kelinmoqda.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!