alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijonlik urush qatnashchilariga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatildi

08:48 11.05.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 9 may umumxalq bayrami – “Xotira va qadrlash kuni” hamda Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan onlayn bayram tadbiri o‘tkazildi.


Ming-minglab jasur vatandoshlarimiz qatori Andijon viloyatidan 96 mingga yaqin jasur va mard yigitlar chinakam qahramonlik ko‘rsatganlar. Bugungi kunda Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib hozirda hayot kechirayotgan Andijonlik 37 nafar urish qatnashchilari, faxriylarimizga yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinmoqda.


Tadbir davomida davlatimiz rahbarining Farmon va topshirig‘iga asosan Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, ayni vaqtda hayot kechirayotgan faxriylarimizga “Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligi” esdalik yubiley medali, 10 mln. so‘mdan pul mukofoti hamda bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Andijon viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!