alexa
Welcome to Andijan State Medical Institute   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijan State Medical Institute
(0-374) 223-94-60
Yu.Otabekov 1. Andijan city

“HARBIY VATANPARVARLIK OYLIGI”GA START BERILDI     

19:14 15.12.2018

Viloyatimiz aholisini, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy hizmatchilarning ma’naviyatini yanada yuksaltirish, xalq bilan armiya aloqalarini mustahkamlash maqsadida joriy yilning 15 dekabr kunidan 15 yanvar kuniga qadar viloyat miqyosda keng qamrovli ”Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendurman o‘sha” shiori ostida “Harbiy vatanparvarlik oyligi” o‘tkazilishi belgilangan. 15 dekabr kuni Andijon shahridagi Z.M.Bobur maydonida “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ga start berish bo‘yicha harbiy madaniy tadbir o‘tkazildi.

 
Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi rasi M.Yunusova ochib bugungi kunda mamlakatimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar haqida to‘htalib, ularning zamirida tinchlik va osoishtalik hukm surayotganini ta’kidlab “Harbiy vatanparvarlik oyligi”ga start berildi.


Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi ijro etildi. Tadbirda viloyat musiqali teatri tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.


Ushbu tadbirda institutning 400 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari va talabalari qatnashdilar. Shuningdek, harbiycha yurish mashqlarida harbiy kafedra o‘qituvchilari va kursanlari ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!