Masofaviy ta‘lim — o’qitishning yangi shakli bo’lib, u ta‘limning yangi shakllari, metodlari, vositalari, tashkil etilishi, pedagog va tinglovchi o’rtasidagi hamda tinglovchilarning o’zaro muloqoti shakllarini nazarda tutadi. Shuningdek, bunday ta‘limning o’ziga xos turli shakllari, ijtimoiy buyurtma bilan asoslangan o’z maqsadiga, tanlangan ta‘lim muassasasining o’quv dasturlarida belgilangan mazmun hamda o’qitish metodlarining tashkiliy shakli va maxsus vositalariga ega bo’ladi.
Masofaviy ta‘lim asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o’quv axborotlari bilan ta‘minlash bo’yicha o’qitishning an‘anaviy vositalaridan ustunlik qilishi bilan farqlanadi. Ta‘limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o’quv fanlari o’qituvchilari tomonidan qo’llanilayotgani, ta‘limning samaradorligini oshirishda, uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi.
Andijon davlat tibbiyot instituti “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi Toshkent farmatsiya instituti “Tillar” kafedrasining “Lotin tili va tibbiy terminologiya” fani professor-o’qituvchilari bilan ma’sofaviy ta’lim tizimini birinchi bor yo’lga qo’ygan holda on-line tarzda farmatsiya fakulteti 1-bosqich talabalari o’rtasida amaliy mashg’ulotlar o’tkazishdi.
Masofaviy amaliy mashg’ulotni Toshkent farmatsiya instituti “Tillar” kafedrasining “Lotin tili va tibbiy terminologiya” fani o’qituvchisi Nigmat Suyundiqov va Andijon davlat tibbiyot instituti “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasining “lotin tili” katta o’qituvchisi Xilola Ikromovalar “III-turlanishdagi otlar” mavzusi bo’yicha o’tkazishdi. Amaliy mashg’ulotda “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasining mudiri, dotsent L.S.Hudayberdiyeva, Davolash fakulteti dekan muovini J.Axmadaliyev, o’quv bo’limi boshlig’i dotsent G.U.Nazarovalar qatnashishdi.
Talabalar mashg’ulot davomida dori shakllari va dorivor o’simliklar, retsept strukturasi, buyruq va shart maylidagi fellar, ko’makchilar haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.