alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Harbiy qismda til bayrami

14:16 21.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori hamda Sharqiy harbiy okrugi qo‘mondonining tasdiqlangan rejasiga asosan 2019-yil 18-oktyabr kuni harbiy kafedrada taqsil olayotgan 412- hamda 413-guruh talabalari harbiy kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Andijon viloyatida joylashgan 45605 harbiy qismga tashrif buyurishdi.

O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati tashkil etilgan bu tashrif Andijon viloyati  Bobir nomidagi markaziy kutubxona hamda Viloyat yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tashrif davomida “Til millat ko‘zgusi” mavzusi ostida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida Andijon harbiy prokuratura xodimlari ham ishtirok etdilar.

Tashrif davomida Andijon davlat tibbiyot instituti harbiy kafedrasi kursantlaridan iborat “Avitsenna” komandasi hamda 45605 harbiy qism serjant va ofitserlaridan tashkil topgan “Amir Temur” komandalari o‘zaro kuch sinashdi. Hay’at a’zolari Andijon viloyati  Bobir nomidagi markaziy kutubxona va Viloyat yozuvchilar uyushmasi hamda Andijon harbiy prokuratura xodimlaridan tashkil topdi. Bahs-munozara, savol-javoblar tarzida o‘tgan bellashuv qizg‘in o‘tdi.

Qiziqarli bahs-muzokalar natijasida ADTI harbiy kafedrasi «Avitsenna» komandasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoaga va tadbirda faol ishtirok etgan kursantlarga Bobir nomli markaziy kutubxona tomonidan kitoblar sovg‘a qilindi.  Harbiy qismda o‘tkazilgan til bayrami barchada katta taassurot qoldirdi.

Akmaljon Nasriddinov,

ADTI harbiy kafedrasi mudiri

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!