alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Hindistonlik Islom Mohammad Nazrulning Andijonga tashrifi

15:51 11.05.2019

2019 yil 11 may kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga Hindistondagi Sharda universiteti vakili Islom Mohammad Nazrul tashrif buyurdi.  Mehmonni ADTI rektori, professor M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor A.Arziqulov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, dotsent K.Salohiddinov va boshqa professor-o‘qituvchilar  samimiy kutib oldilar.  Tashrif chog‘ida  Hindistonlik mehmonga  Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘.Salomov hamrohlik qildi.

Institut xalqaro aloqalar bo‘limida tashkil etilgan suhbatda   ADTI rektori M.Madazimov   institut tarixi, tarkibiy jihatlari, bugungi o‘quv – amaliyot jarayonlari,  zamonaviy mutaxassislar tayyorlashdagi  o‘zgarishlar, kadrlash tayyorlash va davolash ishlari  borasida  qo‘shma fakultet, filial va markazlar   tashkil etishdagi  yangiliklar xususida gapirib berdi. O‘zaro suhbat chog‘ida Andijon mashinasozlik instituti rektori O‘.Salomov ham institutning respublikamizda va horijdagi  ta’lim va tibbiyot sohasidagi ilmiy salohiyati va reytingini  alohida e’tirof etib o‘tdi.

O‘z navbatida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  A.Arziqulov va  xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinovlar  ham  talabalarning   o‘quv  va yashash  sharoitlari,  o‘quv  rejalari , shuningdek,  bo‘limning keng qamrovli faoliyati, talabalar va akademik  almushinuvlar, kelgusi yangi   o‘quv yilidagi o‘zgarishlar xususida fikr  yuritib, o‘zaro hamkorlik bo‘yicha  kelishuvlar olib bordilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!