alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT REKTORI 3-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

12:37 24.11.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida an’anaga aylanib ulgurgan Rektor va talabalar uchrashuvi davom etmoqda. Bu galgi uchrashuvda institut rektori M.Madazimov Davolash fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Unda talabalarning kiyinish va odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, darslarda faol hamda ziyrak bo’lishlari ta’kidlandi. Boisi yoshlar ertamiz egalari, bo’lajak shifokorlar esa jamiyatimiz salomatligining mas’ullari hisoblanadilar.

Shuningdek, rektor M.Madazimov talabalarni institutdagi to’garaklar, “Zakovat” intelektual o’yini va sport musobaqalarida qatnashib, g’oliblikni qo’lga kiritishga chaqirdi. Bu borada ustoz sifatida har bir talabani qo’llab-quvvatlashini, ular uchun “Rektor kubogi” musobaqalari tashkil etilayotganligini aytib o’tdi.

Uchrashuv yakunida talabalar ham o’zlarining savol  va murojaatlariga institut rahbaridan javob oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!