alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUT VА GUMBАZ MFY HАMKORLIGI YANАDА MUSTАHKАMLАNDI

12:51 17.04.2021

Taʼlim muassasalarining mahalla fuqarolar yigʼini bilan hamkorlikda ish olib borishlari taʼlim-tarbiya samaradorligini oshiribgina qolmay, uyushmagan yoshlarni turli yot gʼoyalar taʼsiriga tushib qolishning oldini olishiga xizmat qiladi. Аndijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan Gumbaz MFYda Yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi А. Аbduhalimov mahalla mutasaddilari bilan davra suhbati tashkil etdilar. Suhbat chogʼida institutimiz vakillari mahalla raisi va profilaktika noziri bilan mahalla va institut hamkorligini yanada mustahkamlash, mahalla yoshlari va talabalar oʼrtasida turli sport musobaqalarini tashkil etish borasida kelishib oldilar.