alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA “GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORA-TADBIRLARINI YANA-DA KUCHAYTIRISH” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL QILINDI

17:17 31.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida “Giyohvandlik vositalari va unga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yana-da kuchaytirish” mavzusida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha komissiya raisi A.N.Aripovning 2023-yil 23-maydagi 21/50-16-son ko‘rsatmasiga asosan institut talaba-yoshlari o‘rtasida giyohvandlikning tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida o‘tkazilgan mazkur davra suhbatida Viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiya masʼul kotibi J.Mansurov, Viloyat narkologiya sud bosh eksperti Sh.To‘raqulov, Viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi M.Musayev, DXX xodimlari, institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, institut profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

Davra suhbatida so‘z olganlar, giyohvandlik insoniyatni jismoniy va ruhiy jihatdan tubanlikka eltuvchi, aql-idrokdan mahrum etishi va halokatga yetaklashi haqida aytib o‘tdilar. Ularni oldini olish, bu kabi vositalarga qaram bo‘lib qolmaslik uchun oilada, yoshlarning tarbiyasida hamma vaqt ularni qayerda va kimlar bilan birgalikda bo‘lishlari, nima ish bilan mashg‘ul ekanlarini nazorat qilish muhimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, viloyatda giyohvandlik bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishining oldi olinganligi haqida maʼlumotlarni aytib o‘tdilar. Dunyo miqyosida giyohvandlik va uning zararli oqibatlari, bartaraf etish, ularning aniq raqamlarda aks etishi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!