alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“QUVNOQ АLIFBO”, АYNIQSА 1-SINF OʼQUVCHILАRINI QUVONTIRDI

16:57 02.06.2021

“QUVNOQ АLIFBO”, АYNIQSА 1-SINF OʼQUVCHILАRINI QUVONTIRDI

Bolalar uchun eng yaxshi sovgʼa bu- kitob. Bu qimmatbaho sovgʼa bolajonlarga bilim va tarbiya beradi.

Shu sabab institutning fakultet va kafedra oʼqituvchilari АDTIga biriktirilgan MFY oʼramida yashovchi kam taʼminlangan oila farzandlarini 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrikladilar.

Xorijiy tillar kafedrasi oʼqituvchilari “Shifokor”, Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi o’qituvchilari  “Gumbaz”, Normal fiziologiya kafedrasi oʼqituvchilari “Yangi turmush”, Pediatriya fakulteti oʼqituvchilari “Sanoat” MFYlarda boʼlib, kelajagimiz egalariga institut talabasi Mohigul Umarxoʼjayevaning “Quvnoq alifbo” nomli kitobini 30 donadan ulashdilar.

Bu tuhfadan ayniqsa, bu yil maktab ostonasiga qadam qoʼyadigan bolajonlarni quvontirdi. Endi bu bolalar harf oʼrganish bilan bir qatorda ingliz tilini oʼzlashtiradilar.