alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Saylov kodeksi – demokratiya asosi” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati

18:49 07.08.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida 2019- yil 7 – avgust kuni   O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan “Saylov kodeksi – demokratiya asosi” mavzusidagi amaliy seminar hamda partiyaning siyosiy hamda Saylovoldi Dasturlari  muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini ADTI yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, kun tartibidagi muhim masalalar xususida gapirdi.

O‘zbekiston “Adolat”SDP viloyat kengashi matbuot kotibi A.Nazarov bugungi kunda partiya yetakchilari va uning elektorati oldida turgan muhim vazifalar haqida fikr bildirdi.

Davra suhbati kun tartibidan o‘rin olgan”Saylov kodeksi – saylov jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlashning muhim omili” mavzusida  O‘zbekiston “Adolat”SDP Siyosiy Kengashi  Markaziy  apparati mas’ul  xodimi  M.  Boltaboev, “Saylov kodeksining mazmun-mohiyati va kiritilgan o‘zgarishlar to‘g‘risida” FJShMQMI Andijon hududiy bo‘linmasi yetakchi mutaxassisi Sh.Valiev, «Saylov kampaniyasi davrida partiya va nomzodlarni targ‘ib qilishning zamonaviy usullari” mavzusida, O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M. Musaeva  partiyaning viloyat, tuman va shahar tashkilotlari hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyati Kengashi raisining tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  Q.Qayumovlar ma’ruza qildilar.

Davra suhbati so‘ngida  kelgusida amalga oshiriladiga ishlar yuzasidan  taklif va mulohazalar bildirilib, saylov mavsumida  partiya   aholi bilan hamjihat ishlash borasida tajribalar  almashildi.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!