Saylov va yoshlar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot insituti Kengashlar zalida “Saylov va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Andijon viloyat Adliya boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etgan uchrashuv joriy yilning 22-dekabrida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar mazmun-mohiyatiga bag‘ishlandi.

Davra suhbatini yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i A.Abduhalimov ochib mehmonlarni – Andijon viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari Umidjon Hakimov, Hayotbek Maqsudov, Akmaljon Usmonovlarni talabalarga tanishtirib o‘tdi. Mehmonlar yaqinlashib kelayotgan saylovning mazmun-mohiyati, saylov jarayoni, deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish tartib-qoidalari haqida ma’lumot berib o‘tishdi.

Savol-javob tarzida o‘tgan davra suhbatida talabalar mutaxassislarga saylovda ishtirok etish, saylovchining huquqlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va batafsil javoblar olishdi.

“Saylov va yoshlar” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati talabalarning saylov qonunchiligiga oid bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

ADTI axborot xizmati

189