alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SPORT BILAN OG‘USIZ HAYOT SARI” SHIORI OSTIDA KURS BIRINCHILIGI O‘TKAZILADI

11:41 25.11.2021

Futbol sporti turini barcha yigitlar yaxshi ko‘radi, ayniqsa maydonda to‘p surishni. Barcha talabalar o‘z kurslari bo‘yicha bir jamoa bo‘lib, o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun bir imkoniyat bor. Stomatologiya fakulteti talabalari o’rtasida 2021-yil 24-noyabrdan 30-noyabrgacha Jismoniy tarbiya kafedrasining mini futbol arenasida “Sport bilan og‘usiz hayot sari” shiori ostida futbol sport turi bo‘yicha kurs birinchiligi o‘tkaziladi.

1-bosqich talabalari 25-noyabr kuni;

2-bosqich talabalari 26-noyabr kuni;

3-bosqich talabalari 27-noyabr kuni;

4-bosqich talabalari 29-noyabr kuni;

g‘olib jamoalar esa 30-noyabr kuni 16:30 da o‘zaro bellashadilar.

Sovg‘alarmi? Albatta bor! Unda futbol sport turi musobaqasiga marhamat!

Ma’lumot uchun Stomatoligiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari H.Mahmudovga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!