Yurtda tinchlik, qalblar hotirjam

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni oldidan zaminni ertalabdan oppoq qor qopladi. Sog‘inib qolganimiz qor dillarni yanada munavvar etdi. Mustaqil Vatanimiz uzra bayram shukuhi kezib katta tantanalar boshlandi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti, ma’naviyat va ma’rifiy ishlar bo‘limi, xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan hafta avvalida Vatan himoyachilari – institut pofessor-o‘qituvchilari, talaba yigitlarni karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.

Mustaqil taraqqiyotimiz tarixida eng yorqin sahifalardan biri bo‘lgan Milliy Armiyamizning tashkil topgan kun nafaqat harbiy xizmatchilar yoki Qurolli Kuchlar safida muqaddas burchini o‘tab qaytgan askarlarimiz, harbiy xizmatga borishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yigitlarimizning, balki butun xalqimizning bayramiga aylandi.

Vatan himoyachilari sanalmish yigitlarimiz, professor-o‘qituvchilarga   O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Andijon davlat tibbiyot institutining hafta avalidagi an’naviy “Shukronalik” tadbir ham Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi. ADTI Klinikasi binosida 1-UASh tayyorlash kafedrasi tomonidan  o’tkazilgan «Shukronalik» tadbirini Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda 14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barchani tabrikladi. Bayram tadbirlari  “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiorida o’tkazilayotganini aytib  o‘tdi va talabalarni ushbu tadbirlarda faol qatnashishga chaqirdi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi. 1-UASh tayyorlash kafedrasi mudiri, professor  Z.S.Salohiddinov so‘zga chiqib, tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga shukronalik qilishimiz kerakligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini tunu kun himoya qilib kelishda Vatan himoyachilari, mard va jasur o‘g‘lonlarni xissasi kattaligini aytib, barchachani bayram bilan tabrikladi .

Kafedraning magist va klinik ordinatorlari tomonidan  Ona Vatan, Milliy Armiya, mard va jasur o‘g‘lonlar – harbiylarni madh etuvchi she’rlar o‘qildi.

Tadbir yakunida  O’zbekiston xalq artisti O’zodbek Nazarbekov tomonidan kuylangan «Mendirman o’sha» qo‘shig’ining yanrashi barchaga o‘zgacha kayfiyat bag’shladi.

Institut asosiy binosida “Shukonalik” tadbiri patologik fiziologiya kafedrasi mas’ulligida o‘tdi. Kafedra mudiri Sh.Hamraqulov O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etilishi, salohiyati, tinchlikni saqlashga hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanligi xususida so‘z yuritidi.

Institut ikkinchi o‘quv binosida o‘tkazilgan “Shukonalik” tadbiri ham Vatan himoyachilariga bag‘ishlanda va unda so‘zga chiqqanlar yurtimiz yanada obod va farovon bo‘lishi   uchun mustaqil taraqqiyotimiz zamiridagi eng katta boyligimiz tinchlik va osoyishtalikni saqlash yo‘lida bir tan-u bir jon bo‘lib harakat qilishimiz zarurligini, yurtimiz tinch ekan qalblarimiz xotirjam ekanligini ta’kidladilar.

ADTI axborot xizmati

275