Biroz avval АDTI va Xitoydagi Birinchi Shandon tibbiyot universiteti oʼrtasida videomuloqot oʼtkazildi. Unda har ikki oliy taʼlim muassasalarining yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida taʼlim muassasalarining taqdimotlari oʼtkazildi va hamkorlik imkoniyatlari muxokama qilindi. Taʼlim va fan sohasidagi oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisidagi shartnomani onlayn tarzda rasmiy imzolandi. Shuningdek, Stomatologiya yoʼnalishi boʼyicha qoʼshma taʼlim dasturini boshlash toʼgʼrisidagi kelishuvga erishildi.