Skip to content DIQQAT! RESPUBLIKA YOSH OLIMLARI ILMIY-AMALIY ANJUMANI VA I XALQARO FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

DIQQAT! RESPUBLIKA YOSH OLIMLARI ILMIY-AMALIY ANJUMANI VA I XALQARO FAN OLIMPIADASI O‘TKAZILADI

10:11 25.02.2025

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan 2025-yilda Respublika miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar rejasiga kiritilgan 2025-yil 9-aprel kuni “Tibbiyotning dolzarb muammolariga innovatsion yondoshuv” mavzusida Respublika yosh olimlari ilmiy-amaliy anjumani va anjuman doirasida Andijon davlat tibbiyot institutining tashkil etilganligining 70 yilligiga bag‘ishlab bo‘lib o‘tadigan respublika va xalqaro tibbiyot oliygohi talabalari uchun “Andijon-2025” mavzusida I xalqaro fan olimpiadasida ishtirok etishga taklif qilamiz.

Ilmiy-amaliy anjumanda respublika va xalqaro tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining yosh olimlari, magistrant va iqtidorli talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy anjuman tili: o‘zbek, rus va ingliz tillari.

Anjumanda ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar va tezislar qabul qilinadi:

1. Ichki kasalliklar
2. Jarrohlik yo‘nalishi
3. Akusherlik-ginekologiya va pediatriya
4. Mediko-biologik fanlar
5. Stomatologiya yo‘nalishlari
6. Farmokologiya yo‘nalishlari

Anjumanda ishtirok etish uchun ma’ruzalarni 1-ilovaga asosan, “Andijon-2025” fan olimpiadasi ishtirokchilari 2-ilovaga asosan hamda Tezislarni 3-ilovaga asosan ushbu yosholim@bk.ru manzilga 2025-yil 15-martdan kech qolmagan
holda yuborishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumotlar: Axborot xati konferensiya_09_04_2025_й

Infor.letter Conf and Olympiad ASMI 09.04.2025 y

Инфо_письмо_Конф_и_Олимпиада_АГМИ_09_04_2025_г

adti.uz
Would like to send you notifications