- Kafedra mudiri: DJUMABAEV ERKIN SATQULOVICH
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Aloqa: +99890 253 64 15
- Email: erkin_dzhumabaev@mail.com
Kafedra 1969 yili tashkil topgan bo’lib, shu paytda kafedra pediatriya fakultetining jarrohlik kasalliklari kafedrasi deb nomlangan. Kafedra Andijon tumani Yorboshi shifoxonasining 60 urinlik jarrohlik bulimida faoliyat kursata boshlagan. Kafedraga t.f.d. S.U.Djumabaev mudir etib tayinlangan, oxirgi 30 yil davomida kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan.
1 – fakultet va gospital jarrohlik kafedrasida bir necha ilmiy yo’nalishlarda faoliyat olib boriladi. Jumladan: klinik limfologiya, rekonstruktiv – plastik jarrohlik, abdominal jarrohlik, ko’krak qafasi va qon tomir jarrohligi yo’nalishlarida.
1987 yili SSVning buyrug’iga asosan Respublika klinik limfologiya markazi ochildi. Markaz raxbari etib kafedra mudiri t.f.d., professor S.U.Djumabaev tayinlanadi. 1991 yildan boshlab esa mustaqil davlatlar xamdo’stligi miqyosida birinchi marta «Limfologiya» ilmiy jurnali chop etila boshladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda klinik limfologiyaning o‘ziga xos maktabi mavjud bo‘lib, u mutaxassislar orasida e’tirof etilgan mustaqil ilmiy yo‘nalishning rivojlanishi, amaliy sog‘liqni saqlashga joriy etilganligi bilan ajralib turadi. Jahon amaliyotida limfa terapiyasidan foydalanishni optimallashtirish maqsadida 1986 yilda kafedra xodimlari tomonidan birinchi marta limfa terapiyasining ishchi tasnifi ishlab chiqilgan. Limfologiya sohasidagi ilmiy izlanishlar natijalari asosida 17 ta doktorlik va 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, xozirda 1 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borilmoqda. 1450 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 ta monografiya nashr etilgan, jumladan, ingliz tilidagi mintaqaviy limfa terapiyasi boʻyicha birinchi qoʻllanma (1988), klinik limfologiya boʻyicha birinchi maʼlumotnoma (1999), 14 ta ixtiroga patentlar olingan. 1989-yildan boshlab klinik limfologiya yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyilib, respublika viloyatlari va MDH davlatlaridan 1800 dan ortiq shifokor va 250 nafar hamshira limfa terapiyasi usullari boʻyicha oʻqitildi. Sobiq ittifoq limfologlarining II Butunittifoq qurultoyi O‘zbekiston klinik limfologiyasining asoschisi S.U.Jumaboyev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan sayyor xalqaro ilmiy sessiyasi 2009 yil Andijonda o’tkazildi.
2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika klinik limfologiya ilmiy markazining klinik limfologiya sohasida ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy faoliyati va texnologiyalari “International Archof Europe for Quality and Technologi” xalqaro jamg‘armasi tomonidan yuqori baholanib, «Sifat va texnologiya uchun xalqaro arxof yevropa» oltin belgisi mukofotga nomzod qilib ko‘rsatilgan.
Kafedraning yana bir asosiy ilmiy yo’nalishi rekonstruktiv – plastik jarrohlik bo’lib, bu yo’nalishga 1990 yilda t.f.d., professor M.M.Madazimov tomonidan asos solingan.
Bugungi kunda ham rekonstruktiv – plastik jarrohlik yo’nalishi Respublikamizda yagona xisoblangan rekonstruktiv – plastik jarrohlik markazidir. Ushbu markazda ilmiy izlanishlar natijalari asosida 2 ta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, xozirda 4 ta doktorlik va 4 ta nomzodlik dissertatsiyalari ustida ish olib borilmoqda. Kafedra xodimlari tomonidan 100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 16 ta o’quv qo’llanmalar, 20 dan ortiq uslubiy qo’llanmalar, 7 ta monografiyalar nashr etilgan, 24 ta ixtiroga patentlar olingan. Shu kungacha markaz tomonidan 10000 dan ortiq operatsiyalar o’tkazillgan. Bugungi kunda ham butun Respublikamiz va qo’shni Respublikalar aholisiga professor M.M.Madazimov boshchiligida sifatli operativ yordam ko’rsatilib kelinmoqda.
Xozirgi kunda kafedraning asosiy bazasi ADTI kliniksining 1-jarrohlik bo’limida joylashgan, Andijon shahridagi MKM med xususiy klinikasida, Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining tezkor jarrohlik bo’limlarida ham o’quv bazalariga ega. Kafedrada 4-5 kurs tibbiy pedagogika va davolash fakulteti talabalariga fakultet va gospital jarrohlik kasalliklari fanlari o’qitiladi
Kafedrani 1998 yildan t.f.d., professor E.S.Djumabaev boshqarib keladi. Kafedrada xozirgi kunda dotsentlar: D.G.Saidxodjaeva, t.f.d. K.Z.Salahitdinov, PhD Z.P.Asxanov, katta o’qituvchilar: A.S.Pakirdinov, D.M.Suyunov, X.A.Kurbanov, asisstentlar: t.f.n. P.Ch.Temirov, t.f.n. D.O.Ten, t.f.n. Z.K.Gofurov, PhD K.M.Madazimov, PhD S.U.Nazirov, D.A.Abdukadirov, A.P.Habibullaev, G.A.Azizov, A.E.Komiljonov, B.M.Tashlanov, N.N.Nazarov va D.A.Ummatalievlar faoliyat ko’rsatishmoqda.
Saidxodjaeva Jo’raxon G’ofurovna
Dotsent, jarroh
Salaxitdinov Kamoliddin Zuxritdinovich
t.f.d., dotsent, jarroh
Asxanov Zafarbek Pattaxonovich
PhD, dotsent, jarroh
Pakirdinov Alisher Sayfutdinovich
Katta o’qituvchi, jarroh
Suyunov Dilmurod Mo’minovich
Katta o’qituvchi, jarroh
Kurbanov Xasan Askar o’g’li
Katta o’qituvchi, jarroh
Temirov Po’lat Cho’yanovich
t.f.n., assistent, jarroh
Ten Dmitriy Olegovich
t.f.n., assistent, jarroh
Gofurov Zohid Karimovich
PhD, assistent, jarroh
Madazimov Komiljon Madaminovich
PhD, assistent, jarroh
Nazirov Sardorbek Ulug’bek o’g’li
PhD, assistent, jarroh
Abdukadirov Dilmurod Anvarovich
Assistent, jarroh
Habibullaev Asilbek Pattaxon o’g’li
Assistent, jarroh
Azizov Gafur Abduraximovich
Assistent, jarroh
Komiljonov Abdulaziz Elmurodjon o’g’li
Assistent, jarroh
Nazarov Nodirbek Nazirjanovich
Assistent, jarroh
Umotaliev Dilshod Alievich
Assistent, jarroh
Tashlanov Boburbek Maxamadjanovich
Assistent, jarroh
- Fakultet jarrohlik – to’rtinchi kurs davolash fakulteti talabalari.
- Gospital jarrohlik – beshinchi kurs davolash fakulteti talabalari.