Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

3-UMUMTAʼLIM MAKTABI OʻQUVCHILARI BILAN UCHRASHUV

16:41 16.04.2022

Viloyat hokimining joriy yilning 11-aprel kuni “Hokimlik soati”da Andijon davlat tibbiyot institutiga Andijon shahridagi 3-umumtalim maktabi biriktirilgan edi. Mazkur topshiriq yuzasidan maktabda “Rektor va oʻquvchilar uchrashuvi” oʻtkazildi.

Unda institut rektori M.Madazimov hamda Andijon viloyat sudining raisi T.Meliboyev ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida maktab direktori M.Qodirova  taʼlim muassasasidagi sharoit va imkoniyatlar bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarini oshirish maqsadida maktabda haftaning dushanba kunlarida oʻtkaziladigan “Maʼnaviyat nonushtasi” hamda juma kunlarida “Mutolaa soati” darslarida institut maʼnaviyatchilari, psixolog va professor-oʻqituvchilarining ishtiroki, “Maʼmuriyat soati” darslarida yuqori sinf oʻquchilarini kelgusida egallamoqchi boʻlgan kasb-hunarlari haqida soʻrovnomalar olish, ularni qiziqtirgan kasb egalari bilan turli uchrashuvlarni tashkil etishda amalga oshiriladigan hamkorliklar xususida fikr almashildi.

Shuningdek, instiut rektori oʻquvchilarga Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, talabalarning bugungi kundagi erishayotgan yutuqlari, buning uchun esa oʻqib-izlanish kerakligini alohida taʼkidlab oʻtdi. Ayniqsa, kelajakda shifokor boʻlmoqchi boʻlgan oʻquvchilarning savollariga rektorimiz batafsil javob berdi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!