Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

7- Oilaviy poliklinikada chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

15:34 15.04.2022

Andijon viloyat hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aholiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish va ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish” tadbiri davom etmoqda.  Andijon davlat tibbiyot instituti malakali professor-o‘qituvchilarining navbatdagi manzili Andijon shahridagi 7-oilaviy poliklinikasi bo‘ldi. Unda “Madaniyat” MFYning 579 nafar aholisini 14 nafar mutaxassislar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdilar.

Tekshiruv davomida 7 nafar bemor shahar markaziy shifoxonasiga, 284 ta bemor ambulator sharoitda davolanishga, 2 nafar bemor viloyat davolash muassasasiga yo‘llanma orqali yuborildi. 38 nafar bemorlarga bepul dori-darmonlar berildi. Tibbiy ko‘rik davomida 101 ta UTT, 105 ta EKG va 145 ta qon va peshob tahlillari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalari berildi. Shuningdek, aholiga sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tushunchalar berilib, ko‘rgazmali bukletlar tarqatildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!