Andijon davlat tibbiyot institutining malakali mutaxassislari Marhamat tumanida chuqurlashtirilgan tibbiy-koʻriklarni davom ettirmoqda. Bu gal Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining professor-oʻqituvchilari 33-oilaviy poliklinika oʻramidagi “Qorabogʻich” MFYda olib bordilar.
Tibbiy-koʻrik davomida 14 nafar mutaxassislar 366 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatdilar. Kasalliklari boʻyicha ularga kerakli maslahatlarni berdilar. 6 nafar nogironligi bor fuqarolar barcha mutaxassislar koʻrigidan oʻtkazildi. 30 nafar 3-guruhga mansub bemorlarga ambulator davolanishi uchun tavsiya berildi. 3 nafar fuqaroga okulist, 2 nafariga nervpatolog, 3 nafariga kardiolog tomonidan viloyat shifoxonalariga yoʻllanmalar berildi.