Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

– MENI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAYOTI VA IJODI DOIMO QIZIQTIRIB KELGAN,- DEYDI ROSTOCK UNIVERSITETI REKTORI

13:49 09.09.2022

Germaniyalik mutaxassislarning tashrifi Andijon davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan bir maqsad boʻlsa, viloyatimizning tarixiy obidalari va qadamjolari bilan tanishish yana bir niyat boʻldi.

Mehmonlar dastavval Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasiga tashrif buyurib, u yerda shifokorlar, ayniqsa, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Rostock universiteti rektori, professor Sharek va Tibbiyot fakulteti dekani, professor Emil Reisinger markazdagi tibbiy jihozlar, malakali tibbiy xizmat borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar va kelajakda mazkur sohada hamkorlikda amalga oshirilishi muhim boʻlgan vazifalar toʻgʻrisida takliflarini berdilar. Institutimizda taxsil olayotgan magistrlarni malaka oshirishlari uchun jo’natilayotgani borasida ham fikrlar bildirildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa delegatsiya aʼzolari shahrimizdagi “Bobur yodgorlik bogʻi va uy-muzeyi”da boʻldilar. Ular Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid buyumlar va nodir eksponatlar, Bobur avlodlarining betakror adabiy asarlarining katta toʻplamlari haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!