alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA JANUBIY KOREYANING XANDONG GLOBAL UNIVERSITETI PROFESSORLARINING MAHORAT DARSLARI O‘TKAZILDI

12:54 17.02.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida Birlashgan Millatlar Tashkilotining  UNESCO UNITWIN loyihasi doirasida, loyiha mintaqaviy koordinatori hisoblangan Janubiy Koreyaning Xandong Global universiteti  (Handong Global University) professorlari talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun “Tibbiyotda sunʼiy intellekt”, “Biotexnologiya tadqiqotlarda 3D modellashtirish”, “Tibbiyotda nanotexnologiyalar” mavzularida maʼruzalar olib bordilar. Ularga Xirurgik kasalliklar va fuqaro muhofazasi kafedrasi mudiri Yu.Egamov hamda Andijon mashinasozlik instituti “Biotibbiyot muhandisligi” bakalavriat taʼlim yo‘nalishi rahbari, professor Z.B. Jo‘rayevlar hamrohlik qildilar.

“Tibbiyotda sunʼiy intellekt” mavzusidagi maʼruza Janubiy Koreyaning Xandong Global universitetining professori JuXing Kim tomonidan ustuvor yo‘nalishdagi o‘ta dolzarb masala ekanligini  qiziqarli va bahs-munozara shakllarida olib borildi.

“Biotexnologiya tadqiqotlarda 3D modellashtirish”, “Tibbiyotda nanotexnologiyalar”  maʼruzalari esa universitetning professori Ah-Ram Kim tomonidan ayni vaqtda Janubiy Koreya va AQSH universitetlarida olib borayotgan tadqiqotlar asosida olib borildi.

Ma’ruzalar talaba va professor-o‘qituvchilar tomonidan yuqori qiziqish bilan tinglandi. O‘tkazilgan savol-javoblar jarayonida  Janubiy Koreyaning professorlari Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining bilim darajalari yuqori ekanligi va kelajakda yetuk vrachlar bo‘lib faoliyat olib borishlariga katta ishonch bildirdilar.

Janubiy Koreyalik professorlar kelajakda  “Biotibbiyot muhandisligi va biotexnologiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma loyihalar va ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon mashinasozlik instituti  olimlari bilan hamkorlik kelishuvlariga erishdilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!